“Kasbim faxrim”

“Tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar” kafedrasi professor o’qituvchilari tomonidan 2023-yil 19-sentyabr kuni birinchi talabalar turar joyida “Kasbim faxrim” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Bunda “Tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar” kafedrasi kafedra mudiri Saidova X.X. davra suhbatini ochib berib, boshqa nomutaxxasis talaba qizlarni ham to’garaklarimizga taklif qildi. Undan tashqari kafedramiz professori S.U.Po’latova so’zga chiqib, yangi o’quv yili boshlangani hamda birinchi kurslarni o’qishga kirganliklari bilan tabriklab, o’qishni muvaffaqiyatli tugatishlariga omad tiladilar.