Bugungi kunda mamlakatimizda yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda shijoatli yoshlarimizning o‘rni va bilim olishiga ye’tiborning tobora ortib borayotgani hammamizni quvontiradi.Yurtboshimizning 2019 yil 8 oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida” gi PF-5847-сонli Farmoniga asosan oliy ta’limni rivojlantirish, dars sifatlarini oshirish,sanoat sohalaridagi muammolarni ilmiy asosda yechish maqsadida 2022 yilning 21-22 oktyabr kunlari Byxoro-muhandislik-texnologiya institutida “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda ilm-fan va innovatsion texnologiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.
Anjuman dasturi 2022
2022 yil 21 oktyabr kuni konferensiyaning yalpi majlisida sohaning respublikadagi bir qator yetuk mutaxassislari, professor-o’qituvchilar,magistratura va bakalaviriat talabalari bilan birgalikda Zoom platformasida xorijiy hamkor oliygohlarning konferensiya ishtirokchilari ham qatnashishdi. Konferensiyani BMTI rektori, t.f.d.,prof. N.R.Barakayev kirich so’zi bilan ochdi. Ma’ruzada mamlakatimizda olib borilayotgan keng islohotlar,oliygohda amalga oshirilayotgan ishlar ,rivojlana davlatlararo xalqaro hamkorlik aloqalarining rivojlanayotganligi ta’kidlandi.
Konferensiyada f.m.f.d.,prof. ,I.I.B prorektori M.Z.Sharipov, “Oziq-ovqat texnologiyasi”kafedrasi mudiri t.f,n.,dots,M.T.Qurbonov ,Moskva Davlat Oziq-ovqat Universiteti professori,t.f.d. E.V.Alekseenka,Tojikiston Davlat texnika universitetining professori,i.f.d. M.N.Toshmatov,O’sh texnologiya universiteti prorektori,i.f.d.prof.N.T.Tanakov so’zga chiqib ishtirokchilarni xalqaro anjumanni ochilishi bilan qutladilar.Ishtirokchilar f.m.f.d.,prof. M.Z.Sharipov, O’sh texnologiya universiteti i.f.d.prof.N.T.Tanakov,t.f.d.prof.A.B.Nizomovlarning ma’ruzalarini qiziqish bilan tinglashdi va ma’ruza yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
Konferensiya sho’balarida ma’ruzalar,savol-javoblar qizgin ravishda o’tdi.Xorijiy hamkor oliygohlar bilan o‘qituvchilarning malakasini oshirish va tajriba almashtirish uchun keng ko‘lamdagi suhbatlar olib borildi.
Har qanday kasb ezgulikka xizmat qilar ekan, shubhasiz, xalq nazarida ulug‘vor, jamiyat hayotida qadrlidir. Shu ma’noda, pedagoglar zimmasidagi ulkan va zahmatli mehnatni ulug‘lab, shu kasbdan qadr va sharaf topgan ustozlar ham qadrlidir.Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, oliy o'quv yurtlari o'rtasidagi hamkorlik nafaqat yuqori malakali kadrlar tayyorlashda, balki xorijiy davlatlar o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
“Sanoat ekologiyasi “kafedrasi dotsenti Baxriddinova N.M.