“Ishga marhamat” monomarkazida oliy ta’lim muassasalari ilg’or xotin qizlari ishtirokida “Milliy liboslar-Millat ko‘zgusi” mavzusida konferensiyasida “Tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar” kafedrasi professor- o‘qituvchilari hamda 306-22 Dizayner talabalari o‘z liboslar kolleksiyasi bilan ishtirok etdi.

           Joriy yilning 9 iyun kuni “Ishga marhamat” monomarkazida oliy ta’lim muassasalari ilg’or xotin qizlari ishtirokida “Milliy liboslar-Millat ko‘zgusi” mavzusida konferensiyasida “Tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar” kafedrasi professor- o‘qituvchilari hamda 306-22 Dizayner talabalari o‘z liboslar kolleksiyasi bilan ishtirok etdi. Konferensiyada “Milliy liboslar-Millat ko‘zgusi” yosh dizayner modelerlar namoyishi o‘tkazildi. 

          Konferensiyada viloyatimizdagi barcha oliygohlar qatorida Buxoro muhandislik texnologiya instituti vakilalari ham o‘zining moda va dizayn ishlanmalari bilan faol ishtirok etishdi.

Konferensiya boshlanishidan oldin, talabalar chizgan eskizlar, tikilgan noodatiy kiyimlar bilan tanishib chiqildi. Talabalarning ijodiy ishlarini “Tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar” kafedrasi mudiri Saidova Xulkar Xamidovna tanishtirib chiqdi. 

 “Milliy liboslar-Millat ko‘zgusi” mavzusidagi konferensiyada kafedraning  iqtidorli dizayner talabalari tomonidan yaratilgan liboslar kolleksiyalarining namoyishi bilan davom ettirildi. Kolleksiyalar namoyishi 306-22 Dizayn guruhining iqtidorli talabalari tomonidan o‘tkazildi.

Barchamiz bilamizki, libos-kishining tashqi ko‘rinishi, ma’naviy dunyosi, tafakkuri hamda ichki xislatlarini o‘zida namoyon eta olish xususiyatiga egadir. Har bir kishi o‘zi kiygan libosi orqali boshqalar tasavvurida kim va qanday odam ekanligini ko‘rsatib beradi. Bugungi kunda yurtimizda kiyinish madaniyatiga bo‘lgan e’tibor talab darajasi sifatida ko‘rilmoqda. Tadbirda namoyish etilgan barcha liboslar bu talablarni qondira olishiga ishonchimiz komil. 

Liboslarda zamonaviylik va milliylik uyg‘unligi g‘oyasini ilgari surgan bu konferensiya  haqiqiy milliy liboslar festivaliga aylanib ketdi va ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.