INTERFAOL METODLAR - SIFATLI DARS  ASOSI

 

  2023 yil 22 may kuni  I juftlikda institutning K-2 binosining          523- auditoriyasida 714-21 MNT  guruhida Menejment kafedrasi assistenti Xayitova Mamlakat Naimovna Biznesda qaror qabul qilish fanidan “Ishlab chiqarishni boshqarishda qaror qabul qilishning xususiyatlari va usullari” mavzusida  ochiq dars o’tkazdi. Ochiq dars pedagogik interfaol metodlarni qo’llagan holda ishlab chiqarish korxonalari misolida ma’lumotlar asosida o’tkazildi. Bu esa talabalarni mavzuni chuqurroq o’zlashtirishlariga asos bo’ldi. Dars Menejment kafedrasi mudiri N.M.Zayavitdinova va kafedra professor o’qituvchilari Yuldasheva S.N., Primova Sh.J., Po’lotov Sh.Sh. Xodjiyeva S.Sh. tomonidan tahlil qilindi