Institutga Istanbul Aydin Universitetining O‘zbekistondagi vakili  Vasliddin Saidov tashrif buyurdi. Dastlab, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Norbek Yuldoshev oliygoh imkoniyatlari va istiqbolli rejalar bilan tanishtirdi.

  Suhbat davomida institut tegishli soha talabalarining Istanbul Aydin Universitetida amaliyotini va dars jarayonlarini tashkil  etish (akademik mobillik) bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.