INSON QADRI VA UNING HUQUQLARI ENG OLIY QADRIYAT: TARIXIY HUQUQIY MEROS

O‘zbekiston inson qadri va huquqlarini hurmat qilish va himoya qilish borasida butun dunyoda ish boshlagan va ish olib borayotgan barcha kishilarni va barcha davlatlarni e’zozlaydi. O‘zbekiston Respublikasi dunyo hamjamiyatining teng huquqlari a’zosi sifatida ma’rifatparvar demokratik adolatli davlat bo‘lishga harakat qiladi, inson huquqlarini himoya qilishga va mustahkamlashga qat’iy kafolat beradi.

Inson qadri va huquqlari umumbashariy, milliy davlat va huquq tushunchalarini o‘zida mujassamlashtiradi. O‘zbekiston o‘zining boy va ko‘p ming yillik ma’naviy-huquqiy merosiga asoslanib inson qadri va huquqlarining umuminsoniy qadriyatlari va hamma e’tirof etgan xalqaro huquq talablarini ta’minlash borasida muntazam ish olib bormoqda.

Inson qadri va huquqlari aniq tarixiy va milliy o‘ziga xos sharoitda tabiiy ravishda paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Shuning uchun ham o‘zbek ma’naviy-huquqiy merosining ildizlarini chuqur bilish va idrok etish, O‘zbekistonda inson huquqlarini o‘ziga xos tushunishni va holatini talqin qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbek ma’naviy-huquqiy merosining ildizlari qanday. Bizning ko‘hna zaminimizda davlatchilik va inson huquqlari o‘zining chuqur ildizlariga ega bo‘lib, qadim-qadim davrlarga borib taqaladi. O‘zbek milliy davlatchiligi va huquqi paydo bo‘lishi va taraqqiy etishi tarixiy solnomasi quyidagicha.

Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda hozirgi Markaziy Osiyo hududida yigirmaga yaqin qabilalar bo‘lib, ular bir necha qabilalar ittifoqiga birlashgan edi. Bular orasida bir necha qabilalarni birlashtiruvchi massagetlar alohida mavqei bilan boshqalardan ajralib turgan. Turkiy xalqlar jumladan o‘zbek xalqining chuqur ildizlari ana shu massagetlarga borib taqaladi. 

Eramizdan avvalgi XV-XII asrlarda Markaziy Osiyo hududining asosiy qismi Ossuriya davlati tarkibida bo‘lgan, shu bilan birga bu davrda mustaqil Xorazm davlati ham mavjud edi. Eramizdan avvalgi VI asrning o‘rtalarida Markaziy Osiyoda Ahmoniy podshohlarning hukmronligi o‘rnatilgan. Eramizdan avvalgi IV asrning ikkinchi yarmida Xorazmliklar, keyinchalik sak qabilalari mustaqillikka erishgan. Eramizdan avvalgi IV asrning oxirgi choragida Xorazm davlatidan tashqari butun Markaziy Osiyo makedoniyaliklar tomonidan bosib olingan. Iskandar Zulqarnayn vafotidan so‘ng Markaziy Osiyo hududi Salavkiylar davlati tarkibiga kiritilgan. Eramizdan avvalgi III asr o‘rtalariga kelib Grekbaqtriya podsholigi tashkil topib, uning tarkibiga Baqtriya, Marg‘iyona va Parkana (Farg‘ona) kirgan. Keyinchalik Markaziy Osiyo hududida Xorazm davlati bilan chegaradosh bo‘lgan Toxariston davlati tashkil topgan. Ko‘p o‘tmay u kichik-kichik davlatlarga bo‘linib ketgan. Eramizning I-IV asrlarida Markaziy Osiyo hududi Kushon podsholigi tarkibida bo‘lgan. IV asrning oxirgi choragida Markaziy Osiyoda kichik-kichik davlatlar tashkil topgan.

V asrning o‘rtalarida Markaziy Osiyo Eftalitlar tomonidan bosib olingan. VI asrning oxirgi choragida arablar bosib olgunga qadar Markaziy Osiyo G‘arbiy Turk xoqonligi tarkibida bo‘lgan. VIII asr boshlarida Markaziy Osiyoda arablar hukmronligi o‘rnatilgan. Arablar o‘lkamizni Movarounnaxr deb ataganlar. IX asr oxiri X asr boshlaridan ikkinchi yarmigacha O‘zbekiston hududida Somoniylar, X asrning ikkinchi yarmidan Qoraxoniylar, XI asr boshlaridan Saljuqiylar saltanatlari mavjud bo‘lgan. XII asrning o‘rtalarida Movarounnaxrni qoraxitoylar o‘ziga bo‘ysundirgan. XII asrda Xorazm yana mustaqillikka erishgan. XIII asr boshlaridan XIV asrning 60 yillari o‘rtalarigacha Movarounnaxrda mo‘g‘ullar, XV asr oxirlarigacha Amir Temur va temuriylar, XVI asrdan Shayboniylar hukmronlik qilgan. XVI asr oxirida O‘zbekiston hududida Buxoro, Xiva, XVIII asr boshlarida Qo‘qon xonligi tashkil topgan.

Markaziy Osiyo XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan bosib olingan. Qo‘qon xonligi tugatilgan. Turkiston general-gubernatorligi tashkil qilingan. Buxoro va Xiva xonliklari ustidan Rossiya protektorati o‘rnatilgan. Hududimiz Turkiston o‘lkasi deb atala boshlangan.

1917 yilda Qizil imperiya hukmronligi o‘rnatilib, O‘zbek Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganidan boshlab O‘rta Osiyo iborasi qo‘llanila boshlandi.

1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan.

Demak, bizning yosh mustaqil o‘zbek davlatimiz o‘zida ko‘hna So‘g‘diyona va Xorazmdan boshlab Somoniylar, Xorazmshoxlar, Amir Temur va Temuriylar davlatlarining davlat boshqaruv yutuqlarini, xalqimizning butun davlat huquqiy tarixi tajribasini hamda uning o‘z milliy davlatiga va huquqiga ega bo‘lish kabi asriy orzularini mujassamlashtirgan. Ya’ni hozirgi o‘zbek davlati umumjahon va milliy davlatchilik va huquqiy taraqqiyot qonuniyatlarini o‘zida uzviy ravishda uyg‘unlashtiradi. O‘zbek davlati va huquqi o‘zining salkam uch ming yillik tarixiga ega. 

O‘zbekiston Ovrupa va Osiyo ma’rifatparvarlar dunyosini, sivilizatsiyalarini birlashtiruvchi buyuk xalqaro yo‘llar kesishgan zaminda joylashgan. Ma’rifatparvarchilik davridagi ma’naviyatimiz shakllana boshlanganiga kamida 2,5 ming yil bo‘lgan. 

Yigirma asrdan ko‘proq davrlardan beri Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlarda bizning avlod - ajdodlarimiz bilan birga yahudiylar ham yashagan va yashab kelmoqda. X asrdan XV asrgacha Movarounnaxr shaharlarida talaygina nosarolar ham yashagan, boz ustiga mug‘ul hukmdorlari islom dinini qabul qilgunga qadar ommaviy ravishda ularga homiylik qilganlar. 

XX asr oxirlaridan e’tiboran Turkiston xalqlari orasiga ruslar va rus madaniyatidagi kishilar qo‘shildi. Ularning hammasi aniq tarixiy va milliy o‘ziga xoslik sharoitida milliy davlatchilikni va huquqiy tizimning tabiiy bo‘lishi va rivojlanishi guvohidir. 

O‘lkamizning mug‘ullargacha bo‘lgan va Temuriylar davridagi nomi-Movarounnaxr uyg‘onishi haqida alohida to‘xtalib o‘tish darkor. Islom sivilizatsiyasi xalqimizning dunyoqarashini to‘ldirdi va boyitdi, bu xalq jahonga taniqli va umumbashariyat tomonidan tan olingan buyuk mutafakkirlarni yetkazib berdi. Bugungi kunda mustaqil O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining butun asosi bo‘lmish milliy davlatchiligi, huquqiy tizimini qayta yaratmoqda. Xalqimizning ma’naviyati kamol topmoqda, inson qadri oshmoqda.

Inson huquqlari aniq tarixiy va milliy o‘ziga xos sharoitda tabiiy ravishda paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Shuning uchun ham o‘zbek ma’naviy-huquqiy merosining ildizlarini chuqur bilish va idrok etish, O‘zbekistonda inson huquqlarini o‘ziga xos tushunishni va holatini talqin qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Inson baxti va kelajagining asosi mehnatda ekanligini ta’kidlab, agar inson taqdirga ishonib ishlamasa, u yanglishadi, bunday odam aqlsizdir, deydi. Shu bilan birga u odam o‘z g‘ayrati va harakati bilan maqsadiga erisha oladi, deb aytgan edi. Agar inson o‘z hayoti uchun zarur bo‘lgan narsalarni topishga yalqovlik qilsa, taqdirda menga kerakli narsalar, jumladan, uy-joy, kiyim-kechak va oziq-ovqat yozilgan bo‘lsa, men mehnat qilmasam ham, o‘z-o‘zidan davlat kelaveradi, degan fikrda bo‘lsa, “bunday odam o‘z yo‘lini bilmagan dunyodagi eng tuban darajadagi ahmoqlardan hisoblanadi”, chunki tiriklik uchun zarur bo‘lgan bu narsalarni topish o‘z-o‘zidan ro‘yobga chiqmaydi. Buning uchun, avval, uning sabablarini aniqlash zarurdir.

O‘zbekiston Respublikasi demokratik huquqiy davlat qurishga azmu qaror qilgan ekan, yuksak huquqiy madaniyat, Konstitutsiya va qonunga hurmat, itoatgo‘ylik, milliy istiqlol mafkurasida, muhim o‘rin egallamoqda. U o‘zida xalqimizning eng ardoqli fazilatlari-iymon va insof, mehr-oqibat, shafqat va rahmdillik, hayo, uyat va andisha, or-nomus, eliga va yurtiga sodiqlik va vatanparvarlik kabi qadriyatlar va g‘oyalarni mujassamlashtirishga qaratilgan. O‘zbek xalqi asrlar mobayinida avaylab saqlab, sayqallab kelgan o‘z milliy urf odatlari, rasm-rusumlari, udum va an’analari, g‘ururi, ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarzi, huquqiy ongi va madaniyati, e’tiqodi, bir so‘z bilan aytganda madaniy va ma’naviy dunyosi bilan ajralib turadi. Buyuk allomalarimiz umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda bevosita ishtirok etganlar, ular jahon huquqiy sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shganlar. Ularning boy madaniy-huquqiy merosi hozirgi mustaqil huquqiy taraqqiyotimizning mustaqil poydevori bo‘lib xizmat qiladi. 

 

Shodiyev Jahongir Jo‘raqulovich

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dotsenti falsafa fanlari doktori PhD