INGLIZ TULINI O’QITISHDA YANGI PEDAGOGIC
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Tillayeva Shahlo Maqsudovna
“Xorijiy Tillar” kafedrasi ingliz tili katta o’qituvchisi
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni amalga oshirishda yangi pedagogic texnologiyalar joriy etishga alohida e’tibor qaratilgan. Milliy dasturning 3- bosqichida ta’lim muassasalari “Ilg’or pedagogic texnologiyalar bilan to’liq ta’minlanadi” deyilgan .Ta’lim jarayonida ilg’or pedagogic texnologiyalar talabalarni mustaqil bilim olishga, atroflicha fikrlashga, ijodiy faol ishlashga odatlantiradi.Bunday yutuqlarga erishishda interaktiv metodlardan o’rinli va unumli foydalanish o’zining ijobiy samarasini bermoqda.
Biz talabalarga ingliz tilini o’rgatishda quyidagi interaktiv metodlardan ya’ni “Miya hujumi”, “Golereya bo’ylab sayohat”, “ Aylana stol”, “ Musobaqa”, “ So’z oyini “, “Muammoni hal qilish “ kabilardan foydalanib mashg’ulolar samaradorligiga erishmoqdamiz.
Pedagogik texnologiyalar ilmiy va amaliy pedagogik hayotga chuqur kirib bormoqda Pedagogik texnologiyalarni ta’limning barcha bosqichida istalgan o’quv predmetini o’qitishda qo’llash mumkin chunki pedagogik texnologiya bugungi kunning va kelajak hayotning talabi bilan yuzaga keladi .
Hozirgi kunda axborot va pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayonlarida
qo’llash jahon amalyotida keng tarqalmoqda. Bu sohada ayniqsa AQSH ,
Angliya , Italiya , Frantsiya, Rossiya ,Yaponiya, Xitoy, Indoneziya kabi mamlakatlarda bir qancha yutuqlarga erishilmoqda . Mustaqil O’zbekiston Respublikasida ham yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida ta’lim tizimini tubdan isloh qilishda, yangi pedagogik texnologiyalarga alohida o’rin ajratilgan .
Maqsad - pedagogik texnologiyalardan samarali foydalangan holda xalq xo’jaligining barcha sohalarida faol ish yurita oladigan kadrlar yetkazishdan iborat .
O’qitish jarayoniga yangi ta’lim texnologiyalarini tadbiq etish fan
mazmunini yangilash, fan asoslariga oid talabalarga chuqur nazariy va ilmiy
bilimlar berish, bu bilimlar asosida talabalarning amaliy faoliyat ko’nikma va malakalarini shakllantirish imkonini beradi. Dars jarayonida yangi ta’lim texnologiyalardan foydalanish shaxs kamolotini ta’minlashga xizmat qiluvchi dunyoqarashni kengaytirish, mustaqil fikr yuritish, o’z ustida ishlash, faoliyatiga ijodiy yondashish kabi xislatlarning shakllanishiga zamin yaratadi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan keng foydalanish shart bo’lgan sharoitda chet tili fani asoslari bo’yicha nazariy bilim , amaliy ko’nikma va malakalarga ega bo’lish uchun pedagogik faoliyatda quyidagi holatlarga alohida e’tibor berilsa, maqsadga muofiq bo’ladi, bular:
a) Pedagog yangi pedagogic texnologiyaga oid adabiyotlarni qunt bilan o’rganishi;
b) Mashg’ulotlarni interfaol usullarda olib borishi;
c) Darsda texnik vositalardan foydalanish malakasini mustahkamlashi;
d) Mavzularga oid mul’timediyalar va o’quv al’bomlari tayyorlashi;
e) Mashgulotlarda ko’ruv , eshituv –audio va video texnik vositalaridan foydalanishi;
f)Fan doirasida talabalarning bilim saviyasini oshirishda kompyuterlardan
foydalanish;
g)Internet orqali tili o’rganilayotgan mamlakat, tarixiy ma’lumotlar ,fanga oid mavzular matnlarini topib , talabalarning o’z ustida ishlashini tashkil etishi va ularning mustaqil bilim olish malakasini hosil qilishda yordam berishi;
Ta’lim jarayoniga ta’lim texnologiyasini joriy etish pedagogdan pedagogic faoliyatga ijodiy yondashishni talab etadi va talabalarda bilim olishga nisbatan qiziqishni rivojlantiradi. Yangi pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati o’qitishning an’anaviy usulidan voz kechib, talabalarni ko’proq mustaqil bilim olishga da’vat etmoqdan iborat. Mashg’ulot davomida rejalashtirilgan bilimni o’zlashtirishga harakat qilish talabaning o’z vazifasiga aylanishi, ta’lim jarayonida talaba faol ishlaydigan usullarni topishga intilishi va amaliyotga tadbiq etishi yangi pedagogik texnologiyaning asosiy vazifasidir.