Hamkorlik pedagogikasi-XXI asr ta'lim konsepsiyasi sifatida

BMTI “Xorijiy tillar” kafedrasi o`qituvchisi

Z.F.Karamatova Buxoro muhandislik–texnologiya instituti

Davlatimiz mustaqillikni qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardanoq yuqori malakali kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini yuritib kelmoqda. Bu yo‘lda amalga oshirilgan asosiy vazifalardan biri mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishga asos bo‘ladigan yangi ta'lim tizimining tashkil etilishidir. Shu bilan birga barcha davrlarda bo‘lgani singari bugungi kunda ham yuksak malakali kadrlar tayyorlashda ta'lim samaradorligini oshirish masalasi dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda. Buning uchun ta'lim modellari orasidan eng samaralisini tanlab olish, uni tashkil etish, undan foydalanishning maqbul yo‘llarini izlab topish lozim. O‘zbekiston Respublikamiz Prezidentining Oliy majlisning IX sessiyasida so‘zlagan “Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” deb atalgan nutqida ikkinchi masala sifatida tarbiyachi, ya'ni o‘qituvchiga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Prezident nutqida tarbiyachilarning o‘zlariga zamonaviy bilim berish, ularning ma'lumotini, malakasini oshirish kabi vazifalarni paysalga solib bo‘lmasligini alohida ta'kidlab o‘tadi. 

Uzluksiz ta'lim tizimida amalga oshipiladigan ta'lim japayonini texnologiyalashtipish qyyidagi afzalliklapga ega:

- ta'lim japayoni demokpatik, ijodiy xarakter kasb etadi;

- o‘quvchilapning ijodiy faolliklapi ta'minlanib, ylapda myctaqil fikplash ko‘nikmalapi shakllanadi;

­ o‘quvchilapga bepilayotgan ymymiy ma'lymotlap hajmining acociy qicmini amaliy bilimlap tashkil etadi, ylapga nazapiy ma'lymotlapni taqdim etish, mohiyatini amaliy faoliyat vocitacida to‘laqonli ochib bepish bilan yyg‘ynlashtipilgan holda olib bopiladi;

-        pedagogning faoliyati faqatgina nazapiy bilimlapni etkazib bepishdangina ibopat bo‘lib qolmay, balki o‘quvchilapni ijodiy faoliyatga pag‘batlantipish, myctaqil ta'lim olish hamda fikplash ko‘nikmaciga ega bo‘lishlapiga ko‘maklashish, shyningdek, ylapning faoliyatini doimiy pavishda nazopat qilish, zapyp o‘pinlapda tezkop metodik yopdamni tashkil etish, ylapning faoliyatlapi natijacini ob'ektiv baholashga yo‘naltipadi;

Hamkorlik pedagogikasini novator-pedagoglar (Sh.A.Amonashvili, S.N.Lisenko, I.P.Volkov, V.F.Shatalov, Ye.N.Il'in va boshqalar) pedagogik jarayon ishtirokchilari (o‘qituvchi va o‘quvchilar) o‘rtasida insonparvarlik tamoyiliga asoslangan o‘zaro munosabatlari tashkil etishini ta'kidlab o‘tadilar. Hamkorlik pedagogikasi uchun konseptual ahamiyatga ega qoidalar A.Avloniy, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, J.J.Russo, Ya.Korchak, K.Rodjers va boshqalarning pedagogik qarashlarida o‘z ifodasini topgan. Pedagogik hamkorlik g‘oyalari bugungi kunda pedagogik texnologiyalar mazmuniga singdirilgan va “XXI asr ta'limi Konsepsiyasi” asosini tashkil etadi. Uzluksiz ta'lim tizimining insonparvarlashuvi – uzluksiz ta'lim nazariyasi va amaliyotini tavsif etuvchi, dunyoqarashga oid qoidalar va tamoyillar yig‘indisi sifatida insonparvarlikka asoslanuvchi,  inson qadr-qimmati va huquqiga hurmat, uning taqdiri va har tomonlama rivojlanishiga g‘amxo‘rlikni aks ettiruvchi, bundan tashqari odamlar orasida haqiqiy insonparvar munosabatlar: o‘zaro bir-birini tushunish, o‘zaro hurmat, birgalikdagi hamkorlik, o‘zaro yordam kabilarni tarkib toptirish zarurligini ta'kidlovchi tushuncha. Boshqacha aytganda, ta'lim jarayoni markazida ta'lim oluvchi shaxsini qaror toptirishdir.

         Pedagogik jarayonni insonparvarlashtirishning umumiy masalalarini tahlil qilib, A.A.Melik-Pashaev uni amalga oshirishning yo‘llaridan biri “qandaydir fan doirasida kuchni sarflashda emas, turli bilim sohalari, madaniyat, atrof-borliqdan mashg‘ulot uchun ma'lumot erkin tanlab olinadigan va umumiy tarzda pedagogik vazifalarni birlashtiradigan” ta'lim mazmunini qayta tashkil etishda aks etadi, deb ta'kidlab o‘tadi. A.A.Melik-Pashaev yoshlarda “Men” tuyg‘usining katta imkoniyatlariga ishonch uyg‘ota oladigan pedagogning mavjudligini insonparvarlashtirishning ikkinchi yo‘li, deb hisoblaydi .

         Hozirgi vaqtda insonparvarlik pedagogikasi tarbiyalanuvchini o‘quv-tarbiya jarayonining faol, ongli, tenghuquqli ishtirokchisi rolida ko‘ra oladigan, o‘z imkoniyatlari asosida rivojlantiriluvchi ilmiy nazariy tizim sifatida talqin etiladi. 

         Insonparvarlik pedagogikasi shaxsga yo‘naltirilgan. Uning farqli belgilariga quyidagilar kiradi: shaxsning psixik, jismoniy, intellektual, axloqiy rivojlanishini birgalikda egallashi va unda aniq doiradagi ko‘nikma va malakalarni shakllantirish; erkin, mustaqil fikrlovchi va harakatlanuvchi shaxs, turli xil o‘quv va hayotiy vaziyatlarda asosli tanlash qobiliyatiga ega insonparvar-fuqaroni shakllantirishga butun kuchni to‘plash; o‘quv-tarbiya jarayonini samarali qayta yo‘naltirishga erishish uchun tegishli shart-sharoitlarni ta'minlash

“Hamkorlik pedagogikasi”ning tasnifiy belgilariga quyidagilar kiradi:

         Qo‘llanish darajasiga ko‘ra: umumpedagogik.

         Falsafiy asoslariga ko‘ra: insoparvar.

         Asosiy rivojlanish omillariga ko‘ra: majmuaviy, biogen, sosiogen va psixogen.

         Shaxsga yo‘naltirilganligiga ko‘ra: har tomonlama barkamol shasxni shakllantirish.

         Mazmunli xarakteriga ko‘ra: ta'limiy + tarbiyaviy, dunyoviy, insonparvar, umumta'limiy.

         Boshqarish turiga ko‘ra: kichik guruhlar tizimi.

         Tashkiliy shakllariga ko‘ra: akademik + klubli, individual + guruhli, tabaqalashga

         Bolaga yondashuvga ko‘ra: shaxsiy-insonparvar, sub'ekt-sub'ektli(hamkorlik).

         Metodlarni qo‘llanilishiga ko‘ra: muammoli-izlanuvchan, ijodiy, dialogli, o‘yinli.

         Ta'lim oluvchilar toifasiga ko‘ra: ommaviy.

         Maqsadga yo‘nalganligi: 

•        Talabchanlik pedagogikasidan munosabatlar pedagogikasiga o‘tish.

•        Bolaga shaxsiy-insonparvar yondashuv.

•        Ta'lim va tarbiya birligi.

         Hamkorlik konsepsiyasi.

         “O‘qituvchi-o‘quvchi” munosabatlaridagi hamkorlik, bu faoliyatning borishi va natijalarining birgalikdagi tahlili, ma'naviy dunyoda bir-biriga samimiylik, o‘zaro bir-birini mustahkam tushunish, kattalar va bolalarning hamkorlikdagi rivojlantiruvchi faoliyati g‘oyasi. An'naviy ta'lim pedagogik jarayonda o‘kituvchining sub'ekt sifatida, o‘quvchini esa ob'ekt sifatida ishtirokiga asoslangan. Bu qoida o‘kuvchi o‘z o‘kuv faoliyatining subekti haqidagi tasavvur bilan almashinadi. “O‘quvchi-o‘quvchi” munosabatlari hamkorlikning turli shakllari(hamkorlik, birga qatnashish, birga qayg‘urish, birga ijod qilish, birgalikda boshqarish)da qabul qilingan umumiy jamoa hayotiy faoliyatida amalga oshadi.

         Hamkorlik pedagogikasining to‘rtta asosiy yo‘nalishi mavjud:

•        shaxsiy-insonparvar yondashuv;

•        didaktik faollashtiruvchi va rivojlantiruvchi majmua;

•        tarbiya konsepsiyasi;

•        atrof-muhitni pedagogizasiyalash .

1.      Shaxsiy-insonparvar yondashuv:

•        shaxsga yangicha qarash ta'lim berishning maqsadi sifatida, ya'ni ta'lim-tarbiya jarayonining shaxsga yo‘naltirilganligi: shaxs sub'ektdir, har bir bolaning qobiliyati bor……

•        Pedagogik muloqotni insonparvarlashtirish va demokratiyalash:

- bolalarga muhabbat, ularning taqdiriga qiziqish;

- boladagi umidli ishonch;

- hamkorlik, muloqot mahorati;

- to‘g‘ridan-to‘g‘ri majbur qilishni bekor qilish;

- ijobiy rag‘batlantirishning muhimliligi;

- bolalardagi kamchiliklarga sabrli bo‘lish;

- o‘qituvchi va o‘quvchi huquqlarini tenglashtirish;

- shaxsiy qarashlarga bo‘lgan huquq;

- bola huquqlari haqidagi konvensiyaga amal qilish;

- o‘kituvchi-o‘quvchi munosabatlari usuli: taqiqlash emas, yo‘naltirish; boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyruq berish emas, tashkillashtirish; chegaralamaslik, erkin tanlashni yo‘lga qo‘yish.

•        zamonaviy sharoitda natijalarga olib kelmaydigan tug‘ridan-to‘g‘ri majburlashdan metod sifatida voz kechish:

- majburlovsiz, ishonchga asoslangan talabchanlik;

- tug‘ma qiziquvchanlikni hisobga olib o‘qitish;

- muvafaqqiyatsizlikka sabab bo‘ladigan majburiy istakni almashtirish;

- bolalarning mustaqilligi va mustaqil faoliyatini o‘rnatish;

- jamoa orqali bevosita talablarning qo‘llanishi.

•        Individual yondashuvning yangi talqini:

- - shaxsning eng yaxshi sifatlarini izlash;

- shaxsni psixologik-pedagogik tashxis etish(qiziqishlari, qobiliyati, yo‘nalganlik, Men-konsepsiyasi, xarakteri, fikrlash jarayonlarining o‘ziga xosligi)ning qo‘llanilishi;

- o‘quv-tarbiya jarayonida shaxsning o‘ziga xosliklarini hisobga olish.