Buxoro muhandislik- texnologiya instituti va Istambul texnika universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik dasturi yo’nalishlari:

Hamkorlikda yozgi amaliyot dasturi, o‘qish va ilmiy izlanishlar uchun talabalar almashinuvini tashkil etish;
Talabalar va ilmiy xodimlar uchun qisqa muddatli dasturlar ishlab chiqish;
Hamkorlikda masofaviy ta'lim dasturlarini rivojlantirish, onlayn ma'ruza va seminarlarni tashkil etish;
Xalqaro aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan madaniy va ma'rifiy tadbirlarni tashkil etish;
Qo‘shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish.

 

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti va Ushak universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik dasturi yo’nalishlari

Hamkorlikda onlayn ta'lim va vebinarlar, onlayn qo‘shma ma'ruza va seminarlar tashkil etish;
Ilmiy nashrlar, ma'lumotnomalar, o‘quv adabiyotlari va boshqa materiallarni tadqiqot va o‘quv maqsadlarida almashish;
O‘zbek-Turk hamkorligida ilmiy loyihalarni tashkil qilish hamda ishtirok etish.

 

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti va Marmara universiteti, Ege univesiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik dasturi yo’nalishlari:

Qo‘shma nashrlar va maqolalar va nashrlar almashinuvi;
Qo‘shma tadqiqot mavzulari bo‘yicha hamkorlik;
Qo‘shma seminarlar va konferensiyalar tashkil etish;
 Xalqaro akademik, ilmiy va fundamental loyihalarda hamkorlik qilish, tomonlarning ilmiy xodimlari orasidan doktorantura talabalari uchun bir vaqtda yordamchi maslahatchilarni tayinlash;
Qo‘shma o‘quv va ilmiy tadbirlarni tashkil etish;
Qo‘shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish.

 

Buxoro muhandislik- texnologiya instituti va Burdur Mehmet Akif Ersoy universiteti, Isparta amaliy bilimlar  universiteti  o‘rtasida imzolangan hamkorlik dasturi yo’nalishlari:

Hamkorlikda Yozgi amaliyot dasturi, o‘qish va ilmiy izlanishlar uchun talabalar almashinuvini tashkil etish;
Talabalar va ilmiy xodimlar uchun qisqa muddatli dasturlar ishlab chiqish;
Qo‘shma tadqiqotlar olib borish, o‘quv va ilmiy tadqiqotlar uchun ilmiy xodimlar almashinuvini yanada kengaytirish;
Hamkorlikda onlayn ta'lim va vebinarlar, onlayn qo‘shma ma'ruza va seminarlar tashkil etish;
Turizmni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma madaniy tadbirlarni tashkil etish.

 

Buxoro muhandislik- texnologiya instituti va Xajettepe universiteti, Yalova universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik dasturi yo’nalishlari:

Talabalar almashinuvini tashkil etish;
Talabalar va ilmiy xodimlar uchun qisqa muddatli dasturlar ishlab chiqish;
Qo‘shma tadqiqotlar olib borish, o‘quv va ilmiy tadqiqotlar uchun ilmiy xodimlar almashinuvini yanada kengaytirish;
Xalqaro aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan madaniy va ma'rifiy tadbirlarni tashkil etish;
Hamkorlikda masofaviy ta'lim dasturlarini rivojlantirish, onlayn ma'ruza va seminarlarni tashkil etish.