Buxoro muhandislik-texnologiya instituti yangi o`quv yilida ham  ta`lim sohasidagi xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda.

2023-yilning 25-sentabr kuni Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchilari va Kozma Minin nomidagi Davlat pedagogika instituti professor-o'qituvchilari bilan birgalikda 712-22 IQT, 714-22 IQT guruhida  “Rossiya-O'zbekiston: iqtisodiy hamkorlikning yangi yo'nalishlari” mavzusida seminar-trening o'tkazildi. 

Bunda “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri A.Ch.Boboyev, Minin instituti professori L.V.Yerushkina va dotsenti O.A.Fadeyenkova tomonidan Rossiya va O'zbekiston hamkorlik yo'nalishlari, erishilgan yutuqlar va rivojlanish imkoniyatlari to'g'risida fikr yuritildi. Talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollariga keng qamrovli javoblar olishdi.