Malayziyaning Perlis universiteti rahbariyati taklifiga binoan, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova Perlis universitetida bo‘ldi.

   Tashrif davomida institut rektori universitetdagi shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi. Shuningdek mas’ullar o‘rtasida istiqboldagi hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

  Ushbu oliygoh Malayziyadagi muhandislikka asoslangan davlat oliy taʼlim muassasalaridan biridir. Universitet 2001-yil 25-iyulda tashkil etilgan. 37 ta bakalavriat, 20 ta magistratura va 12 ta falsafa doktori taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha talabalar soni 10 000 nafardan ziyod.