Malayziya-Oʻzbekiston ta’lim forumida Petronas texnologiya universiteti hamda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti oʻrtasida neft, gaz va energetika sohalari uchun mutaxassislar tayyorlash, ularning malakasini oshirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Ma’lumot oʻrnida ta’kidlash lozimki, UTP - 2025 yil uchun Xalqaro tan olingan QS - Quacquarelli Symonds World University Rankings tashkiloti tomonidan e’lon qilingan oliy ta'lim tashkilotlari reytingida 269-oʻrinni egallaydi. Universitet oʻzining zamonaviy kampusi, tadqiqotlar va innovasiyalar yoʻnalishidagi yutuqlari bilan dunyoga tanilgan. Oʻquv jarayoni va tadqiqotlar xalqaro darajada tashkil qilingan boʻlib, talabalarga global standartlar asosida ta'lim olish imkoniyatini beradi.
O‘zbekiston va Malayziya: oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik kengaymoqda
“Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusida birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro forumda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova ham ishtirok etdi.
O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumi doirasida Malayziya Perlis universiteti, Petronas texnologiya universiteti, Sultan Idris pedagogika universiteti hamda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o'rtasida turli yo‘nalishlarda Memorandum imzolandi.