Farg‘ona politexnika institutida “Rektorlar bog‘i” tashkil etildi.
Bosh sahifa Farg‘ona politexnika institutida “Rektorlar bog‘i” tashkil etildi.
Farg‘ona politexnika institutida “Rektorlar bog‘i” tashkil etildi. Unda yurtning obod bo‘lishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishni insoniy burchi, deb bilgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari yaxshi niyatlar ila ko‘chat ekishdi.
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova:
“Navro‘z” nafasi kelishi bilan xalqimizning qadimiy qadriyatlaridan hisoblangan obodlik va yaratuvchanlik ramzi-ko‘kalamzorlashtirish, daraxt ekish ishlarining olib borilishi kelajak avlod uchun ekologik barqaror muhit yaratilishiga zamin bo‘ladi.