Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar 1-iyunga qadar qabul qilinadi

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2024-yil 3-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizimphd.mininnovation.uz orqali hujjatlarni onlayn topshirish boshlandi.

 

Hujjatlar joriy yilning 1-iyunga qadar qabul qilinadi.

 

Mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.

 

Ma’lumot uchun, yuborilgan hujjatlar ilmiy yoki ta’lim tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.

 

Eslatma: Mustaqil izlanuvchilik(PhD, DSc)ga til sertifikati talab etilmaydi.