“Teknofest 2024” tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda!

2018-yildan beri  Turkiya Respublikasida o‘tkazilayotgan “Teknofest Aviatsiya, Koinot va Texnologiya Festivali“ texnologiya sohasidagi eng yirik musobaqalardan biridir.

Bu yilgi festivalda 46 ta asosiy va 117 ta quyi kategoriyada musobaqalar bo‘lib o‘tadi. Simsiz aloqa, blokcheyn, havo mudofaasi, moliyaviy texnologiyalar shular jumlasidan.

 Maktab va o‘rta maxsus ta‘lim, magistratura va bakalavr yo‘nalishidagi bitiruvchi yoshlar tanlovda qatnashishi mumkin.

Batafsil ma‘lumot va ariza topshirish uchun 
https://mth.tc/TEKNOFEST2024Yarismalar 
Arizalar 2024-yil 20-fevraligacha qabul qilinadi.