Hurmatli IT sohasi vakillari va  talabalar!

 Sizga  “Bir million dasturchi”  loyihasi doirasidagi https://uzbekcoders.uz  platformasidan foydalanishni  taklif etamiz.

Ushbu platforma  Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan yoshlar uchun yaratilgan bo'lib, unda AQShning “Coursera” kompaniyasining onlayn ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

IT-ta’limni rivojlantirish hamda yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq, xalqaro sertifikat olish uchun sarflangan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya olishlari mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

Sertifikatlarni olish va taqdim etilgan imtiyozlardan foydalanish uchun quyidagi ma’lumotlardan foydalanishingiz mumkin.

 Xalqaro IT-sertifikatlar ro'yxati