Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli va isteʼdodli xotin-qizlar, ayollar va yosh olimalarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida “Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlovi e’lon qilindi.
Tanlov shartlari:
•Loyiha ishtirokchilarining tarkibi faqatgina xotin-qizlardan iborat boʻlishi;
•Loyiha ishtirokchilarining yoshi 30 yoshdan oshmasligi;
•1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi;
•Biznes loyihalarni toʻliq ishga tushirishning yakuniy muddati bir yilgacha boʻlishi.

Kerakli hujjatlar 
Biznes reja va xarajatlar smetasi; 1-ilova
Loyiha taqdimoti; 2-ilova
Loyiha jurnal namunasi; 3-ilova 
Ilovalar   bu yerda