“ECAMPUZ” loyihasi  https://ecamp.uz/the-project-uz/ O‘zbekistonning 5 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari uchun 2 haftalik yozgi lager dasturini e’lon qildi

2024-yil may/iyun oyilarda tashkil etiladigan yozgi lagerda ishtirok etish istagida bo‘lgan quyidagi 5 ta OTMning oziq-ovqat sohasi yo‘nalishlarida tahsil oluvchi bakalavriatura va magistratura talabalari hamda tayanch doktoranturaning 1-bosqich doktarantlari hujjat topshirishi mumkin:
• Toshkent kimyo-texnologiya instituti; 
• O‘zbekiston Milliy universiteti; 
• Buxoro muhandislik-texnologiya instituti; 
• Urganch davlat universiteti;
• Andijon davlat universiteti.

Hujjatlar 2023-yil 31-dekabr kuniga qadar ingliz tilida quyidagi havola orqali qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot: https://edu.uz/uz/news/view/6112

Dastur yoki arizalar topshirish bo‘yicha qo‘shimcha savollar mailto:ecampuzproject@gmail.com  elektron pochta hamda Telegramdagi @ecampuz_project  manzili orqali berilishi mumkin.