“Dual taʼlim sohasida ish beruvchilar bilan hamkorlik” mintaqaviy forum o‘z ishini boshladi.

Ayni vaqtda Buxoro shahridagi “Sahid Zarafshon” mehmonxonasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) “Oʻzbekistonda professional taʼlim tizimini isloh qilish va modernizatsiya jarayonini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida “Dual taʼlim sohasida ish beruvchilar bilan hamkorlik” mavzusida Mintaqaviy forum o‘tkazilmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig'i Azamat Naimov:

-Bugungi forumning maqsadi sanoat korxonalari va kadrlar tayyorlash jarayonini uzviy bog'lashdan iborat. Forum ochiq muloqot shaklida tashkil etilib,  barcha ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga jabob olishlari mumkin. 

Men o'ylaymanki,  mutaxassislar tomonidan berilgan ma'lumotlar viloyatimizda dual ta'limni tashkil etishda kerakli bo'lgan nazariy hamda amaliy ko‘nikmalarni  boyitishda zamin yaratadi.