Dual ta’lim tizimi– ixtisoslashgan ta’lim turi bo‘lib, talaba nazariy bilimlarni ta’lim muassasasida, amaliy ko‘nikmalarini esa bevosita ish joyida, ya’ni tashkilotda olish imkoniyatini yaratib beradi. Dual ta’limining asosiy maqsadi ta’lim muassasasi va ish beruvchilarning sa’y-harakatlari amaliy mashg‘ulotlarning asosiy omili sifatida birlashtirib, talabalarning kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishdan iborat.2023-yil 15-aprel kuni Buxoro muhandislik texnologiya institutida “Iqtisodiyot” kafedrasi o’qituvchisi Qurbonova X.B tomonidan 712-22 IQT guruhida “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” fanidan “Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ekrlarining moliyaviy faoliyat tahlili” mavzusida amaliy mashg’ulot tashkil etildi.Mazkur amaliy mashg’ulot dual ta’lim tizimi asosida tashkil etilib, “Asaka bank” ATB Buxoro viloyat filiali kredit bo’limi bosh mutaxassisi Ergasheva R taklif etildi.Ergasheva R o’z nutqida, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi banklarning roli ularga moliyaviy ko’maklar va bugungi kundagi “Asaka bank” tomonidan taklif etilayotgan imtiyozli kreditlar haqida ma’lumot berib o’tdi. Ergasheva R talabalarga kelajakda bank xodimi bo’lishni oldiga maqsad qilib qo’ygan talabalarga o’zlarining bir qancha maslahat va takliflarini aytib o’tdi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan bir nechta savollarga javob oldilar va bu uchrashuv ularga katta ta’ssurot uyg’otdi. Shuningdek ularni amaliyot bilan bog’ladi. Dual ta’lim tizimi samarali va moslashuvchan mexanizm bo‘lib, turli soha korxonalari tomonidan bozor iqtisodiyotining zamonaviy sharoitlarida talab yuqori bo‘lgan malakali mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradi