Xushxabar!

Buxoro viloyati musiqali drama va komediya teatrida “Talabalar teatr studiyasi”ning 2-bosqichi tanlovida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti 1-o‘rinni egalladi!

“Talabalar teatr studiyasi” a’zolariga!

  Yoshlar – har bir yurt va millatning boyligi, buyuk salohiyati hamda kuch-qudrati manbaidir. Bugungi kunda yurtimizda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati zamonaviy, barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir.

    Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida bo’lib o’tgan “Talabalar teatr studiyasi” tanlovida Faxrli 1-o‘rinni egallagani bilan institutimizning iqtidorli yoshlarini chin qalbdan tabriklayman! Qalblarimizdan cheksiz g‘urur va iftixorga yo‘g‘rilgan samimiy dil izhorlarimiz, ezgu tilaklarimiz beixtiyor tilimizga ko’char ekan, talaba-yoshlarimiz bilan faxrlanishimni ta’kidlamoqchiman. Vatanparvarlik, mehr-oqibat va insoniylik borasida ko‘pchilikka ibrat bo‘layotgan “Teatr studiyasi” yoshlarining kelgusidagi ishlarida zafarlar tilayman!

Hurmat bilan,
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova