Buxoro muhandislik-texnologiya instituti jamoasi tomonidan Buxoro shahridagi “Somoniylar" madaniyat va istirohat bog‘ida "Chilla — iste'dodlar mavsumi" madaniy-ma'rifiy tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda fakultetlararo osh chempionati musobaqasi, shashka, shaxmat, stol tennisi, dizaynerlar chiqishi, rang-tasvir, qalam tasvir yo'nalishi bo'yicha rasmlar ko'rgazmasi ko'taringki ruhda o'tkazildi.