Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga TexVet GIZ loyiha menejeri Mattias Klingenberg  tashrif buyurdi.

  Dastlab institut rektori Sadoqat Siddiqova tomonidan  oliygohda amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalar tanishtirildi. So’ngra mehmon oliygoh olimlarining innovatsion loyihalari bilan tanishib chiqdi.

  Bo’lib o’tgan suhbat davomida to’qimachilik, yengil sanoat va yashil energetika sohasi bo’yicha dual ta’limni yo’lga qo’yish dasturlari muhokama etildi.