Buxoro muhandislik-tеxnologiya institutiga “Ta'lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi direktori Adham Xudoyqulov tashrif buyurdi.

Dastlab, ishchi guruh vakillari “KiberNeftGaz” ilgʻor muhandislik maktabini tashkil etish boʻyicha belgilangan “Yoʻl xarita” bilan tanishib chiqishdi.

Shuningdek, tashrif davomida Ofis-registrator, "Mashinasoz" texnoparkida yaratilgan qulayliklar va shart-sharoitlar koʻzdan kechirildi.