Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga Aydin Universiteti Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Osman Gultekin mehmon boʻldi. 

  Mehmonni institut rektori Sadoqat Siddiqova qabul qilib, hamkorlik qilish borasida muzokara oʻtkazdi.

  Muzokara davomida institutda “Arxitektura va qurilish” yoʻnalishining magistratura  bosqichida qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy hamkorlik, qo‘shma ilmiy-tadqiqot faoliyati, shu jumladan ikki tomonlama grantlar va dasturlar orqali o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlik qilishga kelishib olindi.