Buxoro muhandislik-texnologiya institutida xalqaro qo‘shma ta'lim dasturi asosida tahsil olgan bakalavr hamda magistrlarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu marosimda Belgorod davlat Milliy tadqiqot universiteti “Xalqaro bo‘lim” boshlig‘i Valentina Shevchenko ishtirok etdi.

P.S: "Menejment" kafedrasi 5 yildan beri Belgorod davlat ilmiy-tadqiqot universiteti bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu o'quv yilida Menejment mutaxassislik bo‘yicha 6 nafar magistrlar va 2 nafar bakalavrlar dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, magistr bo‘lishdi.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti jamoasi barcha magistrlarni tabriklab, kelajakdagi ishlarida omad va zafarlar tilaydi!