Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Turkiya madaniyat va turizm vazirligi qoshidagi Xorijlik turklar va qavm jamiyatlar idorasi (YTB) vakillarining Turkiyadagi ta’lim grantlari asosida tahsil olish istiqbollari mavzusiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

  Unda ekspertlar Arife Pexlivan, Abdullax Kenan, Buse Koʻrkmaz, Erkan Koch  Turkiyadagi oliy ta’lim muassasalarining mavjud imkoniyatlari haqida ma’lumot berib oʻtdilar.