Buxoro muhandislik-tеxnologiya institutida taniqli o‘zbek yozuvchi va shoirlari ishtirokida “Adabiy kecha” va “She’riy mushoira” tadbiri o‘tkazildi. 

 Unda professor-o‘qituvchilar, institut talabalari ishtirok etdi.

  Mazkur kechada Vatanni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar, otashnafas shoirlarning she’rlari yangradi. Mamlakatimizdagi tinch osoyishta, xavf-xatardan xoli hayot, ijtimoiy barqarorlik, hamjihatlik, to‘kislik va faravonlik, oqibat, o‘zaro mehr hamda muruvvat muhiti oliy qadriyat ekani yorqin va betakror musiqiy dastur orqali o‘z ifodasini topdi.

  Bugungi kundagi islohotlarda xotin-qizlar o‘rni va ularning faolligini oshirish yana bir bora ta’kidlandi.