Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Rektor stipendiyasi” tanlovining ikkinchi yakuniy bosqichi boʻyicha suhbat boʻlib oʻtdi.

 Suhbatda talabalarning aʼlo baholarda bilim olishi, chet tillarini bilishi, ilmiy-innovatsion loyihalardagi ishtiroki, ilmiy maqola va tezislar chop ettirganligi, turli xil tanlovlardagi yutuqlari hamda ijtimoiy-siyosiy sohalardagi faol ishtirok etishlari koʻrib chiqildi.