BUXORO MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYa INSTITUTIDA

QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYa MANBALARIDAN FOYDALANISh SALMOG‘I

 

Dolzarblik:

Quyosh, shamol va qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTE) yordamida elektr va issiqlik energiyasi sohasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 22 maydagi «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunida belgilab qo‘yilgan.

Yangi qonunda O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirishga qaratilgan boshqa imtiyoz va preferensiyalar ham nazarda tutilgan.

energiya ishlab chiqaruvchilarini hamda qayta tiklanadigan energiya manbalari uchun qurilmalar  ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash,  xususan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiya bozorida qulay raqobatbardoshlilik hamda ishbilarmonlik muhiti shakllantirilishini rag‘batlantiruvchi narx va tarif siyosati haqida so‘z yuritiladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida qayta tiklanadigan energiya manbalari davlat ro‘yxatini yuritish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu amaliyot aholining energiya va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini, birinchi navbatda, markazlashtirilgan energiya yetkazib berish tizimlaridan uzoqda joylashgan hududlar uchun energetika va barqaror energiya ta’minotini rivojlantirishni rejlashtirish uchun zarur bo‘ladi. QTEdan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi tariflariga kelsak, ular tanlov savdolari asosida aniqlanadi. Bu omil shuningdek, u oxirgi iste’molchilar uchun elektr energiyasining umumiy tariflarini shakllantirishga, shartnomalarni tuzishda raqobat va oshkoralik ta’minlanishiga xizmat qiladi.

Qayd etish kerak, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan va qayta tiklanadigan energiya  qurilmalaridan olingan energiya sertifikatlash asosida amalga oshiriladi. Energiya va qurilmalardan shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun foydalanilganda bu  tartib istisno etiladi. Qabul qilingan qonun sohada aholi va jamoatchilikning tutgan o‘rnini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘taradi.

 

Xorijiy tajriba:

Energiya samaradorligini oshirish 1974 yildagi jahon energetika inqirozidan keyin boshlandi. O‘sha davrda neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti(OPEK) neftning narxini ko‘tarish maqsadida neftni qazib olish hajmini taxminan 5 foizga pasaytirishgan va natijada uning narxi 70 foizga oshib ketgan. Aynan shu davrdan boshlab OPEKga a’zo bo‘lmagan Yevropa mamlakatlari o‘zlarining energiya xavfsizligi va mustaqilligi ustida bosh qotira boshlashdi va bu o‘z navbatida energiya tejamkor texnologiyalarni va energiya samarador binolar qurilishiga olib keldi. Bu davrda sobiq Ittifoqda o‘z energiya resurslariga boyligi sababli undan tejamkor foydalanish to‘g‘risida ko‘p ham bosh qotirilmasdi. Ammo aholini “uy-joy” bilan ta’minlash masalasi jiddiy bo‘lganligi bois uy-joy bilan ta’minlashda sifatga emas asosan miqdorga ko‘proq e’tibor qaratilardi.

Shu bilan birga jahonda dastlabki ko‘p qavatli energiya samarador binoni hayotga tadbiq etish bundan sal oldindroq, ya’ni 1972 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Manchesterida qurilgan. Ushbu binoni qurishdan maqsad yangi yo‘nalish doirasida va undan keyin quriladigan barcha binolarda energiya resurslarini tejashga yo‘naltirilgan me’moriy va muhandislik yechimlarini qo‘llash orqali energiya tejashning umumiy samarasini aniqlashdan iborat bo‘ldi. Oxirgi yillarda energiyani samarali foydalanishga yo‘naltirilgan turli texnologik binolarni qurish hajmi oshdi va bunday binolarning energiya samaradorligini baholash va loyihalashtirish bo‘yicha xalqaro amaliyotda standartlar qoidalar va boshqa normativ xujjatlardan foydalanish rivojlandi. Turli ekspert baholashlarga ko‘ra asosiy energiya manbalari(neft, gaz va ko‘mir)ning zaxirasi ko‘pi bilan yana 100 yilga yetishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda energiya iste’molining deyarli yarmi yashash uy-joylariga to‘g‘ri keladi. Shu sababli resurs tejashning asosiy usullaridan biri bu binolarning energiya samaradorligini oshirish hisoblanadi.

 

Dastlabki qadamlar:

Buxoro muxandislik-texnologiya instituti rektorining 2019 yil 25 iyul №160-U sonli buyrug‘i bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va institut Kengashining                2019 yil 10 iyuldagi 8 son majlis bayoniga asosan “Elektrotexnika va ishlab chiqarishda axborot kommunikatsiya texnologiyalari” fakulteti negizida “ENERGETIKA” fakulteti tashkil qilingan va hozirgi kunda fakultetning 3 ta mutaxassis tayyorlovchi kafedralarga quyidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar biriktirilgan: ELEKTR MEXANIKASI VA TEXNOLOGIYaLARI kafedrasi - 60710700 -Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari ta’lim yo‘nalishi hamda 70710701 - Elektr mexanikasi (tarmoqlar bo‘yicha)    70710703 - Elektr texnik majmualar va tizimlar (tarmoqlar bo‘yicha) magistratura mutaxassisliklari;   ENERGOAUDIT kafedrasi -60710900 - Energiya tejamkorligi va energoaudit va 60711000 -Muqobil energiya manbalari ta’lim yo‘nalishlari hamda 70710901 - Energiya tejamkorligi va energoaudit (tarmoqlar bo‘yicha);  ENERGETIKA kafedrasi  - 60710500 - Energetika (issiqlik energetikasi) ta’lim yo‘nalishi va 70710503 - Sanoat issiqlik energetikasi mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. 2019 yildan buyon Muqobil energiya manbalari ta’lim yo‘nalishiga talabalar qabul qilingan bo‘lib hozirgi kunda 100 ta talaba tahsil olmoqda. Fakultetda 05.05.06-qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi qurilmalar ilmiy ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura mavjud bo‘lib hozirgi kunda 9 ta tayanch doktorant va 5 nafar mustaqil izlanuvchi dissertatsiya ishlarini bajarmoqda. 2021-2022 yillarda ushbu ixtisoslik bo‘yicha 3 nafar tayanch doktorant dissertatsiyasini himoya qildi.  Fakultetda fakultet dekani prof. N.N.Sadullaev rahbarligida muqobil energiya manbalarini takomillashtirish bo‘yicha  500 mln. so‘mlik ILM-20215001 “Kichik quvvatli istemolchilar uchun O‘zbekiston iqlimiy sharoitlarida samarador ishlovchi shamol energetik qurilmasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha bajarilmoqda.

2023-2025 yillarda ilmiy faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib “Energiya tejamkorligi va muqobil energiya manbalari”  ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish hamda “Kichik quvvatli muqobil energiya manbalarini loyihalash va ishlab chiqarish”  va “Energiya tejamkorlik va energoaudit” ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan.

Bugungi kunda Buxoro muhandislik-texnologiya institutida mavjud quyosh fotoelektrik stansiyalari (FES)ning jami 860,0 mln. so‘mlik quvvati 80 kVt ni o‘rnatilgan hamda ulardan samarali foydalanish tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Natijada,                    2023 yilda 1 oyda 16 200 kVt/soat, 1 yilda 145 800 kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. 1 oyda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun 12 960 000 so‘m, 1 yilda ishlab chiqarilgan energiya uchun  116 640 000 so‘m mablag‘ tejab qolinishi kutilmoqda. Oliy ta’lim muassasalariga quyosh panellarini o‘rnatish  bo‘yicha amaliy yordam:

Respublikamizdagi mavjud jami 210 ta oliy ta’lim muassasalari (jumladan, 115 ta - Davlat oliy ta’lim muassasalari, 30 ta - xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari va 65 ta nodavlat (xususiy) oliy ta’lim muassasalari)ga universitetning jami 81 nafar professor-o‘qituvchilar, xodimlar va doktorantlar biriktirildi. Shuningdek, ushbu ishlarga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 3 nafar akademiklari va 15 dan ortiq ilmiy xodimlari jalb etildi. Viloyatlarda joylashgan OTMlarga 21 nafar mas’ul xodimlar xizmat safariga yuborildi. OTMlarga biriktirilgan mas’ul xodimlar 13.02.2023 yildan boshlab, OTM rahbariyati bilan bevosita uchrashib, oliy ta’lim muassasiga quyosh panellarini o‘rnatish  bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, unga kerak bo‘ladigan mablag‘larni hisob-kitob va o‘rnatish bo‘yicha amaliy yordam bermoqdalar hamda seminar-treninglar o‘tmoqdalar.Fuqarolar uchun maslahat:

 

O‘rtacha hisobda 4 kishi istiqomat qiladigan va maishiy texnikalar  
(1 dona televizor, 1 dona xolodilnik, 1 dona konditsioner va 5 dona Led lampochka va boshqa) lar uchun kunlik elektr energiya iste’moli 5 kVt×soat FES kerak deb hisoblasak, xar 1 kVt quvvatdagi avtonom FES uchun shu kunning bozordagi o‘rnatilgan tannarxi bo‘yicha 25 mln. atrofida baholanmoqda. Bu ko‘rsatkichlar kelajakda FESlarning tannarxi pasayishi ko‘pgina kompaniyalarning O‘zbekiston energetika bozoriga kirib kelishi bilan bog‘liqdir. 

          1 kVt quvvatdagi avtonom FES afzallik jihatlari juda ko‘p. Akkumulyatsiya tizimiga ega bo‘lmagan tarmoq FES (on grid)dan farqli ravishda energiya ta’minoti sutka davomida ham amalga oshirilishi mumkin. Tarmoq FES (on grid) da lokal elektr tarmog‘ida tok bo‘lmaganda stansiya ham to‘xtab turadi, ya’ni tarmoqga elektr energiyasi uzatilmaydi. Elektr energiyasi tez-tez uzilishlar bo‘layotgan hududlar uchun avtonom FES (off grid) dan foydalanish maqsadga muvofiq.

          Quyosh FES O‘zbekiston ichki bozoridagi tannarxini hisobga olib hukumatimiz tomonidan fuqorolarimizga bir qancha qulayliklar, imkoniyatlar yaratilmoqda. Masalan, fuqorolarimiz 2022 yil 1 oktabrdan boshlab uydan chiqmagan holda  quyosh, shamol energetik qurilmalarini onlayn xarid qilish mumkin. Buning uchun https://energymarket.uz/ platformasiga kirib ma’qul bulgan qurilmani xarid qilish uchun ariza qoldirishlari mumkin. 

Shuningdek, Quyosh FES qurilmalarni o‘rnatganidan so‘ng, tuman hududiy elektr ta’minoti korxonasi bilan elektr energiyasini sotish va sotib olish to‘g‘risida shartnoma imzolashadi. Ishlab chiqarilgan elektr energiyasini ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotishni amalga oshirgandan so‘ng, u 8 yilda o‘z-o‘zini qoplaydi, keyingi 12 yil davomida sof daromad qilish mumkin. Bunda daromad solig‘i ham olinishi ko‘zda tutilmagan, aksincha, ushbu qurilmalarni o‘rnatgan jismoniy shaxslar 3 yil, tadbirkorlik sub’ektlari esa 10 yil davomida yer va mulk solig‘idan ozod bo‘ladilar.

Platformada shuningdek quyosh suv isitish kollektorlarini ham kompensatsiya asosida xarid qilish mumkin. Masalan, 100 litr sig‘imli quyosh kollektori 3 mln. so‘m narxlangan bo‘lsa, imtiyoz asosida 1.5 mln. so‘mga xarid qilish mumkin.