Jadidlar-mangu barhayot

  Institutda talaba-yoshlarning vatanparvarlik, milliy iftixor, sadoqat va daxldorlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Jadidlar-mangu barhayot” mavzusida ko‘rik-tanlov tashkil etildi. Qalam tasvir uslubida o‘tkazilgan rasm chizish ko‘rik-tanlovida institutda tahsil olayotgan ilmiy izlanuvchi doktarantlar, talaba yoshlar jadid bobokalonlarimizni rasmini belgilangan vaqt mobaynida chizdilar. 

Ishtirokchilar orasidan 6 ta eng yaxshi ijodiy ish nominatsiyasi tanlab olinib, esdalik sovg‘alar va pul mukofoti bilan taqdirlandilar:

 

1-o‘rin  304-23 DIZ guruh talabasi Rayhona Sayfullayeva  
504-22 ARX guruh talabasi Go‘zal Egamberganova

2-o‘rin  502- 23 ARX guruh talabasi  Parvina Ma’murova 
304-23 DIZ guruh talabasi  Asal Abdumatlubova  

3-o‘rin  502-23 ARX guruh talabasi Munisa Sodiqova 
312- 23 DIZ guruh talabasi Ruxshona Tosheva qo’lga kiritdi.

G‘oliblarni chin qalbdan tabriklab, ishlarida omad tilaymiz!