Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova hamda rektor maslahatchisi Bobur Artikov ishtirokida ish faoliyati jarayonida korrupsiyaviy hatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik va ogohlikni kuchaytirishga oid yig’ilish tashkil etildi.

 Unda barcha xodimlar institutning ichki tartib va qoidalari, lavozim yo‘riqnomalariga qat’iy rioya qilishi, o‘z vazifalarini halol va vijdonan bajarishi, korrupsion hatti-harakatlarga toqatsiz bo'lishi, imtihonlar jarayonida korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari alohida ta’kidlab o‘tildi.