Buxoro muhandislik-texnologiya institutida ilmiy va innovatsion g'oyalar, loyihalarni saralab olish, yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida  "TechnoWays" texnologik rivojlanish marafonining yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi.

Marafonda ishtirok etish uchun ajratib olingan ishlar quyidagi mezonlar asosida, har bir mezon uchun alohida 10 ballik tizim bo'yicha baholandi:


- G‘oya yoki loyihaning ilmiy va innovatsion yangiligi;
- G‘oya yoki loyihaning aniq bir muammoning yechimiga yo‘naltirilganligi;
- Mavjud analoglaridan afzalligi;
- Biznes modeli va monetizatsiyasi;
- G‘oyaning amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar;
- Loyiha taqdimotining mukammalligi;
- Loyiha pasporti, biznes-rejasi va xarajatlar smetasi hujjatlari to‘ldirilganligi.

Yakuniy natijalarga ko'ra:
1-o'rin: Mumtozbegim Ubaydullayeva
"Kimyoviy va Oziq-ovqat texnologiyalari fakulteti"
2-o'rin: Alisher To'ymurodov
"Energetika fakulteti"
3-o'rin: Shoxrux Shodmonov 
"Texnologik jarayonlarni boshqaruv tizimlari fakulteti"