Buxoro muhandislik-texnologiya institutida ELBA loyihasi doirasida tashkil etilgan retraining(qayta tayyorlov) joriy yilning 19-мay kuni o`z faoliyatini davom etdi. Italiya davlatining Turin Politexnika Universitetidan Marco Guerra 4-kuni quyidagi mavzular bo`yicha tinglovchilarga dars o`tdi:

Module 2 - Applications of TDA to data

         1) From Data to Simplicial Complexes

         2) TDA for Network Science

         3) TDA and Neural Networks

Ushbu retrainingda(qayta tayyorlov) nafaqat Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professor o`qituvchilari va talabalari, balki zoom platformasi orqali online tarzda O’zbekistondagi hamkor institutlar hamda O’rta Osiyo mamlakatlarinig boshqa hamkor oliygohlaridan a`zolar qatnashdilar.

Trening davomida Marco Guerra qatnashuvchilarning barcha savollariga javob berdi va muhokamalarda qatnashdi.

Shu bilan birga kunning 2-yarmida Marco Guerra loyiha doirasida institutning kata hajmdagi ma`limotlarni qayta ishlash bo`yicha hisoblash infratuzilmasi potensiali bilan tanishib chiqdi. Bunda u institut loyiha doirasida sotib olgan qurilmalar, ulardan foydalanish holati, markazlarni tashkil etish jarayoni va boshqa laboratoriyalar bilan tanishib chiqdi.

Muallif: Hayot Ismoyilov