Ilgari taʼkidlaganimizdek, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professor-o‘qituvchisi Mustaqim Jumayev Xalqaro fanlar va sanʼat akademiyasi tomonidan fan, madaniyat va sanʼat rivojlanishiga qo‘shgan katta hissasi uchun “PETRA I” medali bilan taqdirlangandi.  Institutda bo‘lib o‘tgan kengash yig‘ilishida ushbu medalni topshirish jarayoni bo‘lib o‘tdi.

P.S: Bunday yuksak unvonga ustozimiz fizika tarixida birinchi marta “Klassik va kvant ideal gazlarining invariant relyativistik nazariyasi” ni yaratganligi uchun sazovor bo‘ldi.

 Buxoro muhandislik-texnologiya instituti jamoasi ustozni ushbu yutuq bilan tabriklab, kelajakdagi ishlarida omad va zafarlar tilaydi!