Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 6-7 may kunlari «Uzbekistan GTL» korxonasi tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, iqtidorli va bilimli yoshlarni saralash hamda korxonaning kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida imtihon bosqichlari tashkil etildi.

Ikki kun davom etgan sinov bosqichlarida mexanika, neft-gaz, issiqlik energiyasi, elektr energiyasi, texnologik jarayonlarni boshqarish, kimyo (laboratoriya) yo‘nalishlarida jami 200 nafardan ortiq bitiruvchi talabalar ishtirok etishdi.

Sinov bosqichlari ikki turda tashkil qilingan bo‘lib, birinchi bosqichda nomzodlar mutaxassisligi doirasida yozma imtihon topshirib, yuqori natijalarni ko‘rsatgan nomzodlar suhbat jarayoniga jalb qilindi.

«Uzbekistan GTL» korxonasi mutaxassislari tomonidan ijobiy baholangan bitiruvchi talabalarimiz korxonaning zaxira kadrlar ro‘yxatiga kiritiladi hamda kelgusida ular bilan mehnat shartnomalarini tuzish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.