Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 2024-2025 o‘quv yili uchun bakalavr ta'lim yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tdi.

  Imtihon o‘tkaziladigan auditoriyalar  to‘liq kameralashtirilgan bo‘lib, jarayonni abituriyentlarning yaqinlari, ota-onalar onlayn kuzatib bormoqda. Imtihonlarni shaffof, adolatli o‘tishini ta'minlash maqsadida kuzatuvlar olib borilmoqda. Ijodiy imtihonlar jarayonini istalgan hududdan turib internet orqali kuzatish mumkin.