Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari SOCAR Davlat neft kompaniyasi delegatsiyasi bilan “O‘zbekneftgaz” АJ ofisida jamiyatning tegishli rahbarlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad Boku oliy neft maktabi hamda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘rtasida neft-gaz ishi, neftni qayta ishlash yo‘nalishlari bo‘yicha 1+1 shaklda qo‘shma magistrlarni tayyorlashdan iborat.

Olib borilgan muzokaralar asosida delegatsiya aʼzolari joriy yilning avgust oyida tegishli hujjatlar to‘plamini imzolash uchun Boku shahrida Boku oliy neft maktabida yana bir bor uchrashishga kelishib olindi.