Bugun Buxoro muhandislik-texnologiya instituti ma'muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025 yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarilishi va 2024-yil  uchun jamoa shartnomasiga qo‘shimchalar kiritishga  bag‘ishlangan konferensiya bo’lib o’tdi.

  Unda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti ma'muriyati hamda institut xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025 yillar uchun tuzilgan  jamoa shartnomasining 2023- yilda bajarilishi bo‘yicha institut rektori va kasaba uyushma qo‘mitasi raisining hisobotlari tinglandi.

  Shuningdek, mehnat qonunchiligi, mehnatni va atrof-muhitni muhofazalash qonunlari, qoidalari va me’yorlariga rioya etilishi bo'yicha mas'ullar so'zga chiqishdi.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova:

-Yoshlarimizni bilimli  mutaxassis kadrlar etib tarbiyalash, ularni har tomonlama  komil inson bo‘lib  voyaga yetishishi uchun  muhtaram Prezidentimiz tomonidan hamma sharoitlar yaratib berilmoqda. Bu borada institut rahbariyati va kasaba uyushma qo‘mitasi  ijtimoiy sherikchilik tamoyillariga amal qilib ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamoada sog‘lom muhitni  barqarorlashtirish ishlariga doimo hamkorlikda faoliyat yuritmoqlari zarur deb hisoblayman.    

O‘tgan davr mobaynida jamoa shartnomasiga asosan professor-o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantirish, ularga ustama haq belgilash va moddiy yordam ko‘rsatish  kasaba uyushma qo‘mitasi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. Kelgusida xodimlar mehnatini munosib rag’batlantirish,  ularning shaxsiy rivojlanishi va salohiyatini oshirishi uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratiladi.