Tabiat uyg‘onib, shahar va qishloqlarimiz yashil libosga burkanib borayotgan mana shu lahzalar barchamizni yurtni obod qilish, O‘zbekistonimizni yanada go‘zal maskanga aylantirishdek xayrli va ezgu maqsadlar sari yetaklaydi. “Yashil makon” umummilliy harakatiga hissa qo‘shishga, daraxt ekib bog‘ yaratish, atrofni obod qilishga undaydi.           

   Buxoro muhandislik-texnologiya instituti jamoasi Buxoro shahridagi “Bog‘idasht” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ajratilgan 40 gektarda maydonda “Yangi O‘zbekiston bog‘i”ni barpo etishda faollik ko‘rsatdi.