Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtgan Oliy taʼlim boʻyicha Yevroosiyo sammitida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Aydin Universiteti, Rossiya Janubiy Universiteti, Superior Universiteti (Lahor, Pokiston)  va  İstanbul Sabahattin Zaim Üniversitesi o‘rtasida imzolangan hamkorlik dasturi yoʻnalishlari:

 Talabalar almashinuvi;
 Qisqa muddatli dasturlar;
 O'quv va ilmiy tadqiqotlar uchun ilmiy xodimlar almashinuvi;
 Tadqiqot loyihalari va nashrlar bo'yicha hamkorlik;
 Qo'shma seminarlar, konferensiyalar va boshqa ilmiy tadbirlarni tashkil etish;
 Onlayn ta'lim va veb-seminarlar tashkil etishda hamkorlik qilish;
 Qo'shma va ikki darajali dasturlarni yoki artikulyatsiya va progressiyaviy kelishuvlarni ishlab chiqish;
 Xalqaro tushunishni rivojlantirishga qaratilgan qoʻshma madaniy tadbirlarni tashkil etish.