Buxoroda mashhur Italiya va o‘zbek klassik opera va xalq qo‘shiqlari ijrochilarining xayriya konserti bo‘lib o'tdi.

  Bu konsert dasturida P va YST fakultet tyutori Nilufar Shavkatova, fakultet yetakchisi Jamshidjon Saidov, T va CHS fakultet yetakchisi va Talabalar kengashi raisi Jasurbek G'afforov ham faol talabalar bilan birgalikda ishtirok etdi.

 Konsert  Shahriston maydonida o‘tkazildi. Mazkur xayriya konserti “Progetto Angeli” xalqaro Italiya madaniy assotsiatsiyasi ko‘magida amalga oshirildi.

  Unda tenor Fabio Andreotti, Mauro Branda hamda o‘zbek opera ijrochilari Oqilbek Piazov, soprano Sayoda Nartajiyeva va boshqalar o'z mahoratlarini ko'rsatishdi.

  Talabalarni bunday iste'dod egalari konsert dasturlariga kirishlari ularning ma'naviy salohiyati oshishiga sabab bo'lishi bilan bir qatorda, bo'sh vaqtlari mazmunli o'tish va san'atni kuchini his qila olish qobiliyatlari shakllanishiga ham xizmat qiladi.