Buxoro shahridagi Somoniylar istirohat bogʻida Buxoro muhandislik-texnologiya institutida tahsil olgan bitiruvchi talabalariga diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

  Ushbu marosimda viloyat hokimi oʻrinbosari Botirjon Shaxriyorov,  Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova, bitiruvchi talabalar hamda ularning ota-onalari, oila a’zolari ishtirok etishdi.

 Tadbirda soʻzga chiqqan institut rektori Sadoqat Siddiqova bitiruvchi talaba yoshlarning sharafli va mas’uliyatli yo‘lida ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar tiladi. Soʻngra bitiruvchi talaba yoshlar birma bir sahnaga chaqirilib, ularga diplom berish marosimi oʻtkazildi. Shuningdek bitiruvchi talaba yoshlarga hamda ularning yaqinlari uchun konsert dasturlari, “Osh festivali”, sport oʻyinlari tashkil etildi.