Ustoz. Shu birgina so'z zamirida olam-olam ma'no va hurmat mujassam. Ustoz-bu   har bir insonning hayotida muhim iz qoldiruvchi buyuk zot.  Zero, har bir kasb egasi muallim qo‘lida o‘z yo‘lini topadi. Inson yo‘qki, ustoz-muallim sabog‘isiz kamolga yetgan bo‘lsa!

   Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professor-o‘qituvchilari uchun Buxoro shahridagi Fatxobod to‘yxonasida 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkillashtirildi.  

  Ushbu tadbirda barcha ustozlar mehnati e’tirof etilib, institutda faoliyat yuritayotgan, o‘z qalb qo‘ri, ko‘z nuri, mehr – muhabbati ila, barkamol avlodlarni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani sharaf bilan bajarib kelayotgan bir qator ustozlarga Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

   Bayramona o‘tkazilgan tadbirda konsert dasturi namoyish etilib, viloyatimiz san’atkor ustalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ustozlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

 

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova:

-Ustozlarga hurmat ko'rsatish har bir insonga cheksiz gʻurur va iftixor bagʻishlaydi. Zero, ular oʻz mehnatlari bilan nafaqat bir insonning, balki butun jamiyat taqdiridagi ijobiy oʻzgarishlar, yuksalishlarga hissa qoʻshadilar. Yoshlarni ham maʼnan, ham jismonan, asosiysi, ruhan sogʻlom, dunyoqarashi keng, nazari toʻq va nigohi oʻtkir boʻlishi ham ustozlarning saʼy-harakatiga bogʻliq. Mana shu yoʻlda hormay-tolmay mehnat qilayotgan, har qanday vaziyatda ham taʼlim-tarbiyani birinchi oʻringa olib chiqayotgan Siz aziz Ustozlarga hamisha taʼzimdamiz. Bayramingiz muborak bo’lsin!