Buxoro muhandislik – texnologiya instituti

“Paxta va engil sanoat texnologiyasi” fakulteti

“Texnologik mashinalar va jihozlari” kafedrasi 

 “Baxtli kelajak— ilm-u ma’rifatda” shiori ostidagi targ‘ibot va tashviqotining

B A YO N N O M A S I

   O‘tkazilgan sana:                                                                     Buxoro shaxar 

       23.05.2023                                                                   41-umumtalim maktabi

   

                            “Baxtli kelajak— ilm-u ma’rifatda”

            Mamlakatimizda ta’lim sohasi, xususan, maktablarimizni bugungi kun talablari asosida tashkil etish bo‘yicha tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonga oliy ta’lim muassasalarining ham jalb etilayotgani bejiz emas. CHunki har ikki ta’lim muassasasi bir-biri bilan uzviy bog‘liq, bir-birini to‘ldiradi  va rivojlantiradi. Ularni biridan ikkinchisini ayro tasavvur etib bo‘lmaydi. 

Maktablar bilan hamkorligimiz uzoq muddatga mo‘ljallangan. Maktablarda asosiy e’tibor bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlari uchun ko‘maklashish va kasbga o‘rgatish, ikkinchi tomondan, quyi sinflarda tahsil olayotgan o‘quvchilarning qiziqishlariga qarab kasb-hunarga yo‘naltirish, iste’dodlarini yuzaga chiqarishga qaratiladi. 

 

Oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda ishlagan maktab pedagoglari ham  o‘quvchilarga bilim berish jarayonida ushbu omillarni, albatta, inobatga oladi. O‘quvchi-yoshlarda esa maktabdalik paytidayoq oliy ta’lim haqida muayyan tasavvur paydo bo‘ladi, qiziqish uyg‘onadi, o‘z kelajagini yanada yorqinroq tasavvur eta boshlaydi. 

 

 Baxtli kelajak— ilm-u ma’rifatda” shiori ostidagi tadbirida bitiruvchi sinf o‘quvchilarining qiziqishi va qobiliyatidan kelib chiqib Buxoro muhandislik texnologiya instituti, “Paxta va engil sanoat” fakulteti,“Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi doktaranti Turaeva Nafisa Buxoro shaxridagi 41- umumtaim maktabining bitiruvchi o‘quvchilariga “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasidagi mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot berdi hamda shu kafedraning to‘liq videroligini bitiruvchilar etiboriga xavola etdi. Suxbat yakunida N.A.Turaeva Institut to‘g‘risidagi maktabning bitiruvchi o‘quchilarini barcha qiziqtirgan savollariga javob berdi. Bunday targ‘ibot va tashviqot ishlarining o‘tkazilishi, kelajakda albatta o‘z samarasini beradi degan umitdamiz.