Hоzirgi davrda o‘qitishning dual shakli nazariy va ishlab chiqarish, amaliy mashg‘ulоtlar bir vaqtning o‘zida amalga оshiriladigan dunyodagi tеxnik soha kadrlar tayyorlashning eng samarali shakllaridan biridir. Dual ta’lim-ta’lim muassasalari va korxonalar o‘rtasidagi faol o‘zaro hamkorlik, shuningdek, muayyan kasb uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalarni shakllantirish tamoyillariga asoslanadi.

Bugun G'ijduvon tumanidagi HAJ tekstil MCHJ da Buxoro muhandislik-texnologiya institutining dual ta'lim bo'yicha Yengil sanoat muhandisligi filialining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

 Unda institut rektori Sadoqat Siddiqova, ishlab chiqarish vakillari, korxona taʼsischisi, Shermuhamed Аchilov hamda dual ta'lim bo'yicha Xalqaro ekspert Oliver Herrlen qatnashdi.

Ushbu filialni ochishdan maqsad dual taʼlim sohasida ish beruvchilar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish hamda sanoat korxonalari va kadrlar tayyorlash jarayonini uzviy bog'lashdan iborat.