Buxoro muhаndislik-tеxnologiya instituti “Arxitektura-qurilish” fakulteti dekani Shuhrat Murodov, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Muhammadali Tolipov hamda viloyatdagi 20 dan ortiq korxona va tashkilotlar vakillari (“Kogon qurilish montaj ta’mir” MCHJ rahbari A.Amonov, “Kogon isitgich moslamalari” rahbari O.Xamidov, “Bukhara city house” MCHJ rahbari U.Tursunov, “Pulsar plyus” MCHJ rahbari X.Muhammadiyev, “Bukhara city direksiya” rahbari K.Xodjayev, “Shtrix” MCHJ rahbari A.Fayzullayev, “Oltin Po‘lat” XT rahbari B.Ikromov va boshqa tashkilotlarning faol rahbar xodimlari va yetakchi mutaxassislari) ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

  Uchrashuvda 2023-2024 o‘quv yilida talabalar amaliyotini o‘z mutaxassisligi doirasida samarali tashkil etish, nazariy bilimlar bilan ishlab chiqarish amaliyotini integratsiyalash hamda ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari bilan fikr almashish, bitiruvchi bosqich talabalarining bandligini ta’minlash masalalari muhokama etildi.