Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Artel kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. 

Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchi Artel kompaniyasi mas’ullari, ARTEL innovatsion o‘quv markazi direktori Yunus Raxmanov tashrif buyurdi.
Tashrifda davomida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Artel kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Hamkorlik yo’nalishlari quyidagilar:

bakalavriat ta'lim yo'nalishlari talabalarini ish bilan ta'minlash;
magistratura mutaxassisliklari bo'yicha maqsadli mutaxassislar tayyorlashda dual ta'limni tatbiq etish;
ishlab chiqarishda ishlayotgan yoshlarni sirtqi ta'lim shakliga o'qishga qabul qilish bo'yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.