2024-2025 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi!

Joriy yilda qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

 Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi;

 Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

 Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Ro‘yxatdan o‘tish:  https://my.uzbmb.uz/

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun biz bilan bog‘laning:

+998 (65) 223 27 73  
+998 (65) 223 86 84  
+998 (65) 223 74 02  
+998 (65) 223 28 83