2023 yilning 13-19 iyun sanalarida Qozog‘iston Respublikasi A.Saginov nomidagi Karaganda texnika universitetining taklifnomasiga asosan Buxoro muhandislik – texnologiya instituti professor-o‘qituvchilari Isabaev Ismoil Babadjanovich, Qurbonov Murod Tashpulatovich, Oltiev Azim To‘yqulovich, Ibragimov Ulug‘bek Muradilloevich, Qobilov Hasan Xalilovichlar Karaganda shahridagi xizmat safarining so‘ngi kunida  “XV-Saginov o‘qishlari: Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi nomli” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning sho‘ba yig‘ilishlarida ma’ruzalar qilindi hamda tantanali yopilish marosimida ishtirok etilib ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning istiqboldagi rejalari muhokama qilinib o‘zaro kelishib olindi. Jumladan,  “Kimyo va kimyoviy texnologiya” kafedrasining 7 nafar professor-o‘qituvchilariga “Oziq-ovqat texnologiyasi” va “QXMSQI va YoMT” kafedrasi a’zolari tomonidan “Sovremennaya piщevaya biotexnologiya: osnovnыe problemы i napravleniya razvitiya” mavzusidagi 72 soatlik masofaviy o‘quv kurslari tashkil qilinib tinglovchilariga maxsus sertifikatlar berildi. Universitetning “Axborot hisoblash tizimlari” va “Axborot xavfsizligi” kafedralari bilan “TJBAKT” kafedrasi o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanish istiqbollari kelishib olindi